Biznes va brendlar
Reklama roligi, mahsulot fotosi, reels seriyasi yoki kompaniya haqida film. Bitta e’londa butun jamoa.
Qo‘llanmaMijozlar uchun
Reklama, to‘y, podkast yoki mahsulot syomkasi: loyiha turini tanlang, MediaJoy kerakli jamoa tarkibini taklif qiladi. Tekshirilgan mutaxassislar har bir rolga ariza yuboradi, siz profil, portfolio va narxni solishtirib tanlaysiz. Komissiya yo‘q.
Kim uchun
Muammo hammada bir xil: yaxshi mutaxassis chat va kanallarda tarqoq, portfolio va narxni solishtirish qiyin, telefon raqamingiz esa hammaga ochiq. MediaJoy shu uchta muammoni hal qiladi.
Reklama roligi, mahsulot fotosi, reels seriyasi yoki kompaniya haqida film. Bitta e’londa butun jamoa.
Jamoangizda yetishmayotgan odamni toping: gaffer, kolorist, dron operatori yoki ovoz rejissyori.
To‘y, tug‘ilgan kun, oilaviy yoki love story fotosessiya. Narx va ishlarni oldindan ko‘rib tanlaysiz.
Loyiha qanday o‘tadi
Birinchi loyiha odatda bir necha daqiqada yoziladi. Keyingi qadamlarni bot xabarlari bilan kuzatib borasiz.
@MediaJoyBot ichida “MediaJoy” tugmasini bosing. Parol yo‘q, kirish Telegram orqali. Shartlarni qabul qilasiz va 18 yoshni tasdiqlaysiz.
17 tur bor: reklama, to‘y, podkast, klip, ko‘chmas mulk va boshqalar. Tur tanlangach MediaJoy tavsiya etilgan jamoani va to‘ldirish shablonini ko‘rsatadi.
Nom, shahar, sana, byudjet va natija. Jamoa shablonini bir tugma bilan qo‘shing yoki rollarni o‘zingiz tanlang: bitta loyihada 10 tagacha talab.
Loyihani e’longa yuborish uchun raqam Telegram’ning “kontaktni ulashish” oynasi orqali bir marta tasdiqlanadi. Kod va parol kerak emas. Bitta raqam, bitta akkaunt.
Loyihani avval AI, kerak bo‘lsa moderator ko‘radi. Javob 48 soat ichida. Rad etilsa sababini ko‘rasiz, tuzatib qayta yuborasiz.
Loyiha katalogda va MediaJoy loyihalar kanalida chiqadi. Har bir rol bo‘yicha eng mos 20 tagacha mutaxassisga bot xabar yuboradi: bandligi, ko‘nikmalari, shahri va narxi hisobga olinadi.
Har rol uchun alohida arizalar: profil, portfolio, narx, izoh va “Tasdiqlangan” belgisi. Mos kelganini tanlab “Kontaktlarni ochish”ni bosasiz: mutaxassis roziligi bilan ikki tomonning kontaktlari ochiladi.
Loyiha tugagach siz mutaxassisni, u sizni baholaydi. Baho faqat yakunlangan loyiha uchun va ikkala tomon baholagach ochiladi.
Yaxshi tavsif
Tavsif qancha aniq bo‘lsa, shuncha mos odam ariza yuboradi va shuncha kam savol bo‘ladi. MediaJoy har bir tur uchun shablon beradi, siz faqat bo‘sh joylarni to‘ldirasiz.
Aloqa ma’lumotini tavsifga yozmang: u tekshiruvda ushlanadi, kontakt faqat rozilik bilan ochiladi.
Odatdagi jamoalar
Har bir loyiha turi uchun MediaJoy tavsiya etilgan jamoani tayyorlab qo‘ygan. Rollarni olib tashlash, sonini o‘zgartirish yoki yangisini qo‘shish mumkin. Mana eng ko‘p uchraydiganlari.
G‘oya, syomka, montaj.
Video, foto va film.
Toza ovoz, ikki kamera, kliplar.
Highlights, to‘liq yozuv, fotohisobot.
Marketplace va katalog uchun.
Vertikal videolar seriyasi.
Narx va pul
Savollar
Bitta raqam bitta akkauntga ulanadi. Bu soxta va takroriy akkauntlarni kamaytiradi. Raqamingiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi: kontakt ochilganda siz profilda kiritgan aloqa ko‘rsatiladi.
E’lon qilingach mos mutaxassislar darhol xabar oladi, lekin aniq muddatni va’da qilmaymiz: bu rol, shahar, sana va byudjetga bog‘liq. Byudjet va sana aniq bo‘lsa, javob tezroq keladi.
Bot sababini yozadi. Tuzatib qayta yuborasiz. Qarorga rozi bo‘lmasangiz, odam ko‘rib chiqishini so‘rashingiz mumkin.
Ha. Muhim o‘zgarish qayta tekshiriladi, shu vaqtda eski versiya ko‘rinib turadi. Rol yoki talab o‘zgarsa, mos mutaxassislarga qayta xabar boradi.
Ha. Katalogda rol, shahar va ko‘nikma bo‘yicha filtr bor, loyiha turi bo‘yicha “Kim kerak” filtri ham bor. Tartib har kuni adolatli aylantiriladi, pullik o‘rin yo‘q.
E’lon qilingan loyiha uchun mediajoy.uz saytida havola bo‘ladi: sarlavha, tur, kerakli rollar, shahar, sana va byudjet. Kontakt va aniq manzil hech qachon ko‘rinmaydi. Sahifani loyiha muharririda o‘chirib qo‘yish mumkin.
Ha, loyiha joylash hozir ham mumkin. Jamoa va studiya profillari rejada, sanasini va’da qilmaymiz.
Yana o‘qing
Telegram’da oching: profil yarating yoki birinchi loyihangizni joylang.
Telegram’da ochish